info@ijodmaktab.uz +998 72 226 10 12

21 oktyabr O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Yoshlar innovatsion markazida maʼnaviy maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

20:45 21.10.2020

21 oktyabr O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Yoshlar innovatsion markazida maʼnaviy maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda filologiya fanlari doktori, professor U.Qosimov, Jizzax davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi T.Xoljigitov, “Mard o‘g‘lon” mukofoti sohibi S.Okanov maʼruza qilishdi. Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi maktab- internati o‘quvchilari va shahar madaniyat bo‘limi vakillari tomonidan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Shahar hokimining o‘rinbosari S.Silliyev tomonidan hokimlikning diplom va esdalik sovg‘alari til targ‘ibotini viloyat miqyosida keng yoyishga xizmat qilayotgan tashkilotchilarni taqdirladi. Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi maktab internatiga shahar hokimi A.Shukurovning maxsus kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.