Maktab-internatiga o`quvchilarni qabul qilish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, saralash imtihon asosida V sinfdan amalga oshiriladi.

Maktab-internatiga iqtidorli o`quvchilarni qabul qilish hamda bo`shab qolgan o`rinlarni to`ldirish uchun saralash imtihonlari Agentlik tomonidan belgilangan qabul kvotasi doirasida amalga oshiriladi.
Saralash imtihonlarida yetarli ballarni to`plamagan yoki qatnashmagan o`quvchilarni maktab-internati o`quvchilar safiga qabul qilinishiga yo`l qo`yilmaydi.