Zulfiya tavalludining 111 yilligiga






BAHOR KELDI SIZNI SO‘ROQLAB
Bahor fasli o‘zining bor tarovati bilan yastanib, qalblarga mehr-muhabbat va shoirona tuyg‘ular guldastasini olib keladi. Chunki bahoriy go‘zal, betakror misralar muallifi Zulfiyaxonim ayni bahorning ilk kunida tavallud topgan. O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya hiyobonida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va gul qo‘yish marosimi o‘tkazildi. Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan tadbirda viloyatdagi tashkilot va muassasalar rahbarlari, mahalla faollari, iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi.