09:24 09.04.2026
148

“Zakovat” musobaqasida munosib natija!

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual musobaqasining Jizzax viloyati hududiy bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur musobaqada jami 16 ta jamoa ishtirok etib, o‘z bilim va tafakkurini sinovdan o‘tkazdi. Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan bellashuv jarayonida o‘quvchilar turli yo‘nalishlardagi savollarga javob berib, o‘zlarining keng qamrovli bilimlari, mantiqiy fikrlash salohiyati hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

🇺🇿 Ushbu nufuzli bahsda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi jamoasi faxrli 2-o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

👏 Jamoamiz a’zolarini ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz va keyingi bosqichda ularga ulkan zafarlar tilaymiz!