Zakovat







Navro‘z bayrami munosabati bilan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida 20-mart kuni Prezident, Ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Unda ta’lim muassasalaridan 14 ta jamoalar ishtirok etishdi. Qizg‘in davom etgan bahslar natijasiga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘olib bo’lishdi hamda tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
1-o’rin Jizzax shahar 1-ixtisoslashtirilgan maktab internati
2-o’rin Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining qizlar jamoasi
3-o’rin Jizzax shahar 3-ixtisoslashtirilgan maktab
“Zakovat” intellektual o‘yinidan so‘ng barcha ishtirokchilar ijod maktabida tashkillashtirilgan “Sumalak sayli”da ishtirok etishdi.