Yosh kitobxon





Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida 15-oktyabr kuni “Yosh kitobxon” tanlovining maktab bosqichi o‘tkazildi. Bunda ikki yosh toifasidagi o‘quvchilar ishtirok etib, yozma va og‘zaki shartda o‘zlarining bilimlarini sinab ko‘rishdi.
Shu o‘rinda tanlovning mahalliy bosqichida ishtirok etish istagini bildirgan o‘quvchilarimizga omad yor bo‘lishini tilaymiz!