“Yosh kitobxon”: Jizzax viloyatida bilimlar bellashuvi boshlandi





Bilimdon yoshlarimiz o‘rtasidagi bahs-munozaralar qizg‘in pallada.
- “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti
Mazkur bosqichda ishtirokchilar o‘zbek va jahon adabiyotiga oid asarlarning mazmuni, g‘oyasi hamda ahamiyatini sharhlab berishadi. Badiiy asar nomi bilet orqali tanlanadi. Tayyorlanish uchun 1 daqiqa, javob berish uchun esa 2 daqiqa vaqt ajratiladi. Ushbu shart 100 ballgacha baholanadi. - “Tezkor savol-javob” sharti
Bu yo‘nalishda ekspertlar tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlar asosida tuzilgan 5 ta savolga javob berish talab etiladi. Tayyorlanish uchun vaqt berilmaydi, javoblar esa 2 daqiqa ichida aytilishi kerak. Ushbu shart ham 100 ballgacha baholanadi.
10-14 yosh toifasi g‘oliblari aniqlandi;
1-o’rin — Abdualimova Rayxona, Baxmal tumani;
2-o’rin — Abdurasulova Nodira, Sharof Rashidov tumani;
3-o’rin — Muxtorova Dilnura, Yangiobod tumani;
Qolgan ishtirokchilarga omad!