09:25 13.02.2024
234

Yosh ijodkorlar

Dengiz…
Ba’zida hech narsa ko‘nglimga sig‘mas,
Yerlarni lahza tark etgim keladi.
Odatiy hayotning izidan chiqmas,
Yerlarni lahza tark etgim keladi.

Otlangim keladi dengizga tomon,
Go‘yo yuragimdan ko‘ra yaqinroq.
Men sog‘ingan to’lqin ko’rmay hech qachon…
Tutqunlik chizig‘in chizmagan qirg‘oq…

Oftob bo‘lib sharqdan ko‘tarsaydim bosh,
Nur bo‘lib o’zimni dengizga otsam.
Quyosh bo‘lib qolsam, qip-qizil quyosh,
Dengizdan chiqib so‘ng dengizga botsam.

Hech yo‘qsa, sohilni etsaydim makon,
Moviy, shaffofligi ko‘ngil talabi.
Qalbimdan gardlarim yuvsayding shu on,
Bag‘ringdan qumlarni yuvganing kabi.

Odina Erkinova, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 8-«A» sinf o‘quvchisi