15:20 22.04.2026
150

Yo‘llarda hushyor bo‘laylik!

20-aprel kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Yo‘llarda hushyor bo‘laylik!” mavzusida davra suhbati tashkillashitirildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Jizzax temiryo‘l masofasi filiali mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘lim boshlig‘i E.Hamroqulova, kapital ishlar yetakchi muhandisi M. Abdujalilovalar temir yo‘llarning belgilanmagan joylaridan kesib o‘tmaslik, ushbu qoidalar buzilganda ko‘riladigan choralar haqida o‘quvchilarga ma’lumotlar berishdi. Mavzu yuzasidan o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.