Yoʻl qoidasi umr foydasi






Joriy yilning 31-mart sanasida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga Jizzax viloyat IIB JXX HPB katta inspektori mayor Ilhom Saidqulov va YHXB Axborot xizmati katta inspektori mayor Erkin Ochilovlar tashrif buyurib, oʻquvchilar bilan birga ochiq davra suhbati oʻtkazildi.
⚡️Suhbat davomida yoʻl harakati qoidalariga amal qilish va baxtsiz hodisalarning oldini olish toʻgʻrisida tushunchalar berildi, hamda yoshlarni turli shafqatsizlik, zoʻravonlikni targʻib qiluvchi oʻyinlar oʻynamaslik, bilmasdan jinoyat yoʻllariga kirib qolmasliklari, buning uchun, avvalo, yaxshi doʻstlar davrasida boʻlish, doimo kitob mutolaasi, sport mashgʻulotlari bilan shugʻullanishlari lozimligi aytib oʻtildi.