yashil_makon





“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimiz boʻylab barcha hududlarda ko‘chat ekish va koʻkalamzorlashtirish ishlari qizgʻin davom etmoqda.
Jizzax shaxridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida ham «Maktabimizni yashil makonga aylantiramiz» shiori ostida tadbir tashkil etildi.
🌱Tadbir davomida maktab atrofiga turli navlardagi 101 ta butasimon gul, 7 tub daraxt ko‘chatlari ekildi va obodonlashtirish ishlari olib borildi.