Yangi yil shukuhi









🎄 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Yangi yil bayrami bo’lib o’tdi.
Tadbirda o’quv yili davomida yuqori natija ko’rsatgan o’quvchilar maktab rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
🎄Yangi yil munosabati bilan tashkil etilgan tadbirning badiiy qismida qiziqarli shartlar va bayramona raqslar hamda maktabimizning o’quvchilaridan tashkil topgan «QVZ» jamoasining qiziqarli sahna ko’rinishlari tomoshabinlarga namoyish etildi.