09:58 13.01.2023
126

“Yangi O‘zbekiston” universitetida hujjatlar qabuli boshlandi!

“Yangi O‘zbekiston” universitetida hujjatlar qabuli boshlandi!

✅ Endilikda siz 2023/2024-o‘quv yilidan bakalavr bosqichida quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim olishingiz mumkin:

🔹Kimyo va ilg‘or materiallar muhandisligi
🔹Mexanika muhandisligi
🔹Elektronika muhandisligi
🔹Dasturiy ta’minot muhandisligi
🔹Kiber xavfsizlik
🔹Sun’iy intellekt va robototexnika
🔹Amaliy matematika
🔹Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili
🔹Pedagogika
🔹Sanoat boshqaruvi

🗓 Hujjatlar qabuli boshlandi! Imtihonlarni o‘z xohishingizga ko‘ra, fevral, may yoki avgust oyida topshirishingiz mumkin.

☑️ O‘qishga ariza topshirish uchun siz:

🔗 Mazkur havolaga kirishingiz: https://newuu.uz/uz/admission/form
📝 O‘zingiz haqingizdagi so‘ralgan barcha ma’lumotlarni to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi.

📞 Hujjat topshirish bilan bog‘liq barcha savollarga ushbu telefon raqami orqali javob olishingiz mumkin: +998712024111