10:03 18.07.2024
133

«Yangi O’zbekiston» gazetasida Zomin seminari tafsilotlariga bag’ishlangan maqola chop etildi.

3-5-iyul kunlari Zomin yosh ijodkorlar seminari ko’plab iste’dodlarni o’z bag’riga chorladi.

Seminar davomida ishtirokchilar, erkin tinglovchilar taniqli yozuvchi, shoirlarning mahorat darslarini tinglashdi.

Ijodiy bayramda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 5 nafar ijodkor o‘quvchilari faol ishtirok etib, esdalik sovg‘alari va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.