07:38 31.05.2023
73

Yakuniy_davlat_imtihoni

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining №30-AF-sonli topshiriq xatiga, asosan, ijod maktablarining 9- va 11-sinf o’quvchilari uchun yakuniy nazorat imtihonlari joriy yilning 26-mayidan 10-iyuniga qadar o’tkazilishi belgilangan.  

Shunga ko’ra, bugun Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 9- va 11-sinf o’quvchilaridan 2022-2023 o’quv yili bo’yicha tarix va adabiyot fanidan yakuniy davlat imtihonlari olinmoqda.

Imtihon avvalida ijod maktabi direktori D. Xamdamova so’zga chiqib, 9-va 11- sinf o’quvchilariga navbatdagi imtihon sinovlarida muvaffaqiyat tiladi va barcha o’quvchilarning yuqori natijalar ko’rsatishiga ishonch bildirdi.

Bu yilgi yakuniy imtihon savol-topshiriqlarining o’quvchilar tanqidiy-mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli ekanligini e’tirof etish lozim.