11:07 25.05.2022
199

XAYR, JONAJON MAKTAB!

🏢 25-may kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” ma’naviy-ma’rifiy tadbirini Jizzax viloyat hokimi Saliyev Ergash Alibekovich tabrik so‘zi bilan ochib berdi va ijod maktabi o‘z faoliyatini boshlagandan buyon erishgan yutuqlari va uning viloyatimizdagi o‘rnini ta’kidladi

📚 Tadbir davomida 10-sinf o‘quvchisi yosh shoira Visola Tursunovaning “Kapalakka maktub” nomli she’riy to‘plami taqdimoti ham o‘tkazildi hamda viloyat hokimining 10 000 000 so’mlik gonararini qo’lga kiritdi.

✅ 2021-2022-o‘quv yili davomida faollik ko‘rsatgan, sohada yutuqlarga erishib maktab sha’nini munosib himoya qilgan pedagog, tarbiyachi xodimlar va o‘quvchi yoshlar viloyat hokimligi tomonidan tashakkurnoma, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🎗11-sinf o‘quvchisi Po‘latova Sevinch “Yil a’lochisi”, Xolbekova Iroda “Yil ijodkori” nomidagi ijod maktabining an’anaviy maxsus statuetka va guvohnomasi bilan taqdirlandi.