13:33 02.04.2024
155

Xalqaro bolalar kitoblari kuni

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida 2-aprel » Xalqaro bolalar kitoblari kuni » munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Tadbirda ijod maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Ma’mura Yusupova tomonidan kitob inson tafakkurini o’stiruvchi, uni ezgulik sari yetaklovchi manba ekanligi aytib o’tildi va shu mavzudagi videorolik qo’yib berildi. Shu bilan birgalikda kitoblarning yaratilishi bilan bog’liq qiziqarli ma’lumotlar keltirib o’tildi.

O’quvchilar o’rtasida o’qigan badiiy asarlari yuzasidan viktorina o’tkazilib, tadbir so’nggida viktorina g’oliblari esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.