Xalq va armiya bir tanu bir jon





Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining barcha sinflarida «14- yanvar-Vatan himoyachilari kuni»ga bag’ishlangan «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir» mavzusida ma’naviyat soati o’tkazildi. Unga Afg’on urushi qatnashchisi, zahiradagi leytenant Sharof Xoshimov taklif etilib, o’z mulohazalarini o’quvchilar bilan bo’lishdi. Darslar interaktiv vositalar bilan o’tilib, yoshlar mavzuga oid ijodiy chiqishlar namoyish etishdi.