08:07 03.06.2025
386

Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar aniqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida mehnat qilayotgan, oʻquvchilari yuqori natijalarga erishgan, oʻz ustida doimiy ishlaydigan, oʻz oʻqitish uslubiga ega malakali pedagoglarga Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama belgilash maqsadida ikki bosqichli tanlov jarayonlari oʻtkazildi.

Unga koʻra, maktablarda faoliyat yuritayotgan 1000 nafarga yaqin malakali pedagog kadrlarga 2025-yil may oyidan 2026-yil yanvar oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama toʻlab boriladi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 🇺🇿Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 3 nafar pedagogi: Farruh Pardaboyev, Abdulla Abduxamidov va Zulfiya Ashurovalar vazir ustamasiga sazovor bo’lishdi

Ushbu ustozlarimizning kelgusi ishlariga ham rivoj tilab qolamiz!!!