Uch avlod uchrashuvi
Joriy yilning 16- fevral kunida Jizzax viloyat harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan Markaziy harbiy okrukka qarashli №25931-sonli harbiy qismda, viloyatdagi uyushmagan yoshlar va askarlar òrtasida yoshlarda Vatanparvarlik ruhini shakllantirish maqsadida yoshlar bilan uchrashuv tashkillashtirildi. Tadbirda siyosiy- ma’rifiy mavzularda savol-javoblar tashkillashtirilib, unda Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi òquvchilari ham munosib ishtirok etib, tadbir tashkilotchilari tomonidan esdalik sovģalari bilan taqdirlandi.





