09:52 27.04.2026
306

“Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi yakunlandi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda maktab-internatlar o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan mazkur musobaqa davomida ishtirokchilar nafaqat jismoniy tayyorgarligi, balki harbiy bilim va ko‘nikmalari, chaqqonligi, matonati hamda tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini ham namoyon etdilar. Bellashuvlar keskin va murosasiz ruhda o‘tib, har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — Toshkent viloyati, Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
2-o‘rin — Andijon viloyati, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
3-o‘rin — Jizzax viloyati, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar tantanali ravishda taqdirlandi. Ushbu musobaqa yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, harbiy xizmatga hurmat va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.