Trening “Shukronalik hissi”






Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Shukronalik hissi” deb nomlangan trening mashg’uloti bo’lib o’tdi. Unda maktabning barcha o’quvchillari ishtirok etishdi.
❇️ Treningni maktab psixologi N. Nabiyeva va tarbiyachi pedagoglar R. Quvondiqov, D. Pardayevalar olib bordilar.
Tadbirda shukur so‘zining ma‘nosi, uning xususiyatlari, egizak xislatlar: qanoat va sabr to‘g‘risida ham ibratli rivoyatlar, hadislardan namunalar keltirildi. Mavzuga oid video hamda fotolavhalar ko‘rsatildi.
Yurtboshimiz va davlatimizning yoshlar uchun yaratgan shart-sharoitlari qatnashuvchilar tomonidan e’tirof etildi.
Trening so’ngida o’quvchilar shukronalik hissi bilan yashash nechog’lik muhim ekanligiga yana bir bor amin bo’lishdi.