“Tong nafasi ilhomlari” Respublika tanlovi
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining o`quvchilari Farg`ona viloyatidagi “Tong nafasi ilhomlari” Respublika tanlovida ishtirok etishdi. Respublika tanlovida 8-A sinf o`quvchisi Normahmadova Jasmina “Badiiy tarjima” yo`nalishida, 9-sinf o`quvchisi Hatamova Diyora tanlovning “Nasr” yo`nalishida, 9-sinf o`quvchisi Abdurasulova Sevinch “Erkin Vohidov asarlari bilimdoni” yo`nalishida faol ishtiroki uchun hamda 10-sinf Abdazova Sevinch “Nazm” yo`nalishida I o`rinni egallagani uchun maktab ma’muriyati va tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

