To‘garaklar faoliyati







Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, ularning iste’dod va qiziqishlarini rivojlantirish maqsadida turli xil to‘garaklar faoliyat yuritmoqda.
🎬 Media to‘garagi – o‘quvchilar videomontaj, suratga olish va axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlarini oshirmoqda.
💻 Veb-dizayn to‘garagi – grafik dizayn yo‘nalishida amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.
👗 Tikuvchilik to‘garagi – o‘quvchilar milliy va zamonaviy kiyimlar tikishni, model yaratishni o‘rganmoqda.
🎭 Aktyorlik mahorati (Drama) – sahna nutqi, ijro san’ati va dramatik sahnalashtirish mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
📝 Nazm gulshani – she’riyat ixlosmandlari o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etib, adabiy saviyalarini oshirmoqda.
✨ Mazkur to‘garaklar o‘quvchilarning iqtidorini yuzaga chiqarish, kelajak kasbini tanlashda yo‘naltirish va ijodiy muhit yaratishga xizmat qilmoqda.