10:30 03.03.2026
15

Teatr – ibratxonadir

Jizzax viloyatida joylashgan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari o‘quvchilarining teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida Respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Mazkur tanlovda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi jamoasi yuqori mahorat, sahna madaniyati va ijodiy yondashuvi bilan ishtirok etib, maksimal ball bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🏆 G‘olib jamoa tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

🎭 Ushbu yutuq – jamoaning mehnati, ustozlar fidoyiligi va o‘quvchilarning sahnaga bo‘lgan muhabbati samarasidir.

👏 Jamoamizga Respublika bosqichida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!