11:58 27.03.2024
253

TEATR — IBRATXONADIR

TEATR — IBRATXONADIR

⚡️ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasidagi “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali davom etmoqda.

🏛 Poytaxtimizdagi Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri va Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar  teatri sahnalarida Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari namoyish etayotgan spektakllar, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar ijro etildi.

🎭  Unda maktabimiz o‘quvchilarining  teatr jamoasi  “Hamid Olimjon va Zulfiya” hayotidan parcha ijro etishdi hamda musiqa toʻgaragi aʼzolari ishtirokida milliy kompozitsiya tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’ldi.