Talant shou









Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida 5 muhim tashabbus ijrosini ta’minlash, oʻquvchilarning san’at, madaniyat yo’nalishidagi qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida «Talant shou» nomli badiiy kecha o’tkazildi.
Sinf jamoalari oʻzlarining qiziqarli chiqishlarini tomoshabinlarga taqdim etishdi. Gʻolib boʻlgan jamoalarga turli nominatsiya boʻyicha tashakkurnomalar topshirildi.