So‘ngi qo‘ng‘iroq







Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “ILMNI QADRLANG, ILMGA INTILING” shiori ostida so‘nggi qo‘ng‘iroq ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirga Jizzax viloyati hokimi Saliyev Ergash Alibekovich ishtirok etdi va bitiruvchilarni hamda ota-onalarga Prezident tabrigini o’qib eshittirdi. Ushbu tadbir davomida yosh avlodga bilim berib kelayotgan fidoyi oʻqituvchilarni hamda bilimdon oʻquvchilarni esdalik sovgʻalari va faxriy yorliqlar bilan taqdirladi.