07:12 03.06.2026
112

So’ngi qo’ng’iroq

Jizzax viloyatidagi barcha umumta’lim maktablarida “Yuksak ma’naviyatli avlod-uchinchi rennesans poydevori” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayram tadbirlari yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

✨Xususan, Jizzax viloyati hokimi tashabbusi bilan viloyatimizdagi Cyber arena majmuasida umumta’lim maktablari bitiruvchilari uchun bayramona tadbir tashkil etildi.

🎓Tadbir davomida bitiruvchi yoshlar uchun bayram dasturlari, madaniy chiqishlar hamda samimiy tabriklar uyushtirildi. Unda o‘quvchilarning yillar davomida erishgan yutuqlari e’tirof etilib, muddatidan avval talabalikka qabul qilingan 304 nafar bitiruvchilar va ularning ota-onalari, inklyuziv ta’limda uyda ta’lim olgan oʻquvchilarning 60 nafari, “Yosh kitobxon” respublika tanlovi gʻolibi Jasurbek Abdugʻafforovga tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovg’alari topshirilib, ularga kelgusi hayot yo‘llarida omad va ulkan zafarlar tilandi.

✨ “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri yoshlar qalbida unutilmas taassurot qoldirib, ularni yangi marralar sari ruhlantirdi.

📊Ma’lumot uchun: bugun viloyatimizda 19575 nafar oʻquvchilar 11-sinfni, 25078 nafar oʻquvchilar 9-sinfni tamomlamoqda.

📚Aziz bitiruvchilar, sizlarga porloq kelajak, ulkan muvaffaqiyat va ezgu orzularingiz ro‘yobini tilaymiz!

✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati