Sevimli nashrlar bosh muharrirlari ijod maktabida








20-oktyabr kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “O‘zbek tili — faxrimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda quyidagi nashrlar bosh muharrirlari mehmon bo‘lishdi:
🟣 Dilfuza Shomalikova — “G‘uncha” bolalar jurnali bosh muharriri
🟣 Zahro Hasanova — “Gulxan” jurnali bosh muharriri
🟣 Feruza Odilova — “Tong yulduzi” gazetasi bosh muharriri
Davra suhbatini O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari M. Abdurahmonova ochib berdi.
Muloqot davomida o‘quvchilar o‘zbek tilining qadr-qimmati haqida fikr almashishdi, she’rlar o‘qishdi va tajribali ijodkorlardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.