Seminar







Kutubxonachilar uchun “Zamonaviy kutubxonachining kasbiy kompetensiyasi” mavzusidagi o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 9-iyun kuni Jizzax shahridagi Prezident maktabida viloyatimizning ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kutubxonachilari uchun o‘quv seminar o‘tkazildi.
⚡️Seminarni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining kutubxonachisi D. Pardayeva hamda Prezident maktabi kutubxonachisi Z. Qarshiboyeva olib borishdi.
Tadbirga Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, darsliklar bilan ta’minlash va kutubxonalar faoliyatini rivojlantirish sho’basi mudiri Sh. Boltayev ishtirok etdi.
✨Ushbu seminarda yangi o‘quv yiliga darslik buyurtmalarini shakllantirish va darsliklarni tarqatish tartibi, kutubxona ishini tashkil qilish va hujjatlarning yuritilishi, kitobxonlikni targ‘ib qilishning noan’anaviy usullari haqida so‘z yuritildi.