Seminar–trening







Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabussi bilan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida seminar–trening bo‘lib o‘tdi.
Jizzax viloyatida joylashgan agentlik tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar direktor o‘rinbosarlari uchun “Ta’lim tizimida samarali boshqaruvni tashkil etish” mavzusida seminar–trening tashkil etildi.
Dastlab, ishtirokchilar ijod maktabida yo‘lga qo‘yilgan to‘garaklar faoliyati va o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan samarali yondashuvlar bilan tanishishdi.
Mazkur seminar rahbar kadrlarning boshqaruv kompetensiyalarini mustahkamlash, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan.