14:54 27.11.2021
136

San’at va ijod maktablarining hamkorligi!

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi Jizzax davlat san’at maktabi bilan hamkorlikda ijod maktabida san’at maktabining o`qituvchi hamda o`quvchilari tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.

         Mahorat darsida san’at maktabining Milliy cholg`ular kafedrasi mudiri Atanchayev Xurshid o`zbek milliy cholg`u asboblarining yaratilish tarixi va hozirgi kundagi tutgan o`rni haqida batafsil ma’lumotlarni berib o`tdi. Mahorat darsida davomida bir qancha milliy kuylar ijod maktabining o`quvchi va o`qituvchilariga taqdim etildi. Badiiy chiqishlardan so`ng o`quvchilar o`zlarini qiziqtirgan mavzulari yuzasidan san’at maktabining ustozlari tomonidan javoblarni olishdi.