09:00 04.09.2024
257

Salom, senga Jonajon maktab!

4-sentabr kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi. Unda Jizzax viloyat hokimi E.Saliyev hamda maktabgacha va maktab ta’limi Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i S.Suyarova hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

O‘quvchilar tomonidan vatanparvarlik ruhidagi hamda maktab haqidagi she’r va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Talabalikka tavsiya etilgan ijod maktabi bitiruvchilarining iliq fikrlari bayramga o‘zgacha zavq bag‘ishladi. Tadbir ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritildi.