10:37 03.03.2026
6

SADOQAT MALIKASIGA EHTIROM!

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Zulfiyaxonim tavalludining 111 yilligi munosabati bilan “Sadoqat malikasi” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi,Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi, Jizzax viloyat madaniyati va tarixi muzeyi, Sambhram universiteti, Jizzax shahar “Buvijonlar maktabi” faollari, viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlaridan iborat keng jamoatchilik vakillari hamda hamkor tashkilotlar ishtirok etishdi.