09:45 19.04.2024
117

Ranglar jilosida – ona diyor madhi

18-aprel sanasida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Ranglar jilosida – ona diyor madhi” nomli asfaltga rasm chizish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda 7-10-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etishdi.

🎨Eng yaxshi ijodiy ishlar hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqildi va sinflar kesimida nominatsiyalar bo‘yicha baholandi. G’oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.