Rahbar va yoshlar uchrashuvi







Joriy yilning 31-yanvar kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Unda Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i Akmal Ergashev o‘quvchi yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, Adliya tizimidagi yangiliklar haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Shuningdek, Jizzax shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i M.Asatullayev, Adliya boshqarmasining Huquqiy axborot bo‘yicha bosh maslahatchisi I.Ablaqulovalar o ‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvdan yoshlar o‘zlari uchun kerakli tavsiyalar olishdi. Viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan huquqiy sohaga doir kitoblar jamlanmasi ijod maktabi uchun taqdim etildi.