Rahbar va yoshlar muloqoti





Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi direktori D.Xamdamova hamda 2025–2026-o‘quv yilida qabul qilingan 7-sinf o‘quvchilari o’rtasida davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbat davomida o‘quvchilar maktabdagi ta’lim va tarbiya jarayonlari bo’yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Yangi o‘quv yilidagi reja va imkoniyatlari haqida fikr bildirishdi. Rahbar bilan suhbat o’quvchilarda katta taassurot qoldirdi.