info@ijodmaktab.uz +998 72 226 10 12

Qabul 2021

09:00 06.08.2021

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 2021-2022 o`quv mavsumiga iqtidorli o`quvchilarni tanlab olish uchun saralash bosqichlari o`z yakuniga yetdi.

7-sinf uchun 16 ta va 8-sinf uchun 14 ta kvota e’lon qilingan edi. Ushbu kvota asosida 7-sinfga 179 nafar, 8-sinfga esa 151 nafar jami 330 nafar nomzod o`z hujjatlarini online tarzda topshirishdi.

Nomzodlar 1-bosqichda ikki tur og`zaki va yozma, 2-saralash bosqichida esa Davlat test markazining ona tili va adabiyot hamda ingliz tili fanlari bo`yicha test sinovlaridan o`tishdi. Saralash natijalariga ko`ra, 7-sinf uchun 16 nafar va 8-sinf uchun 14 nafar nomzodlar yuqori ball to`plab, maktabga qabul qilindi.