Psixologik trening







Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining pedagogik jamoasi uchun yangi o’quv yili boshlanishi oldidan “Hayotiy quvvat xazinasi” nomli motivatsion treningi o’tkazildi.
❇️ Trening maktab psixologi Nigora Nabiyeva tomonidan tashkil qilindi.
📎Treningda “Avtomobil”, “Vulqon” kabi psixologik mashq va o’yinlar bajarildi.
📎 Qatnashuvchilar guruhlarga ajratilib, idrok etishning turli koʼrinishlarida (vizual, audial va kinestetik) o’zaro muloqot va munosabatga kirishdilar.
📎“Ruhiyat istagi” nomli metaforik assotsiativ kartalar yordamida pedagoglarning ichki dunyosiga nazar tashlandi va zaruriy tavsiyalar berildi.
✅ Pedagogik jamoaning ruhiy-hissiy holati yaxshilandi, yangi marralarni zabt etish uchun motivatsiya va resurslarga to’yinishdi. Pozitiv to’lqinda o’tgan bu trening ishtirokchilarga manzur bo’lganini ularning yuz ifodalaridan sezib olish mumkin.
Ushbu trening davomli tarzda sport mashg’ulotlariga ulanib ketdi.