18:21 11.05.2022
137

Prezident ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati…

🔴Umarova Xilola Uktamovna – 1988-yilda Olmoniyaning Vaymer shahrida tugʻilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – tashqi iqtisodiy faoliyat. Agentlik rahbari

🔴Kenjayev Dilshod Mutalibovich 1977-yil 3-yanvarda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Tarix fanlari nomzodi. 2000-yil O‘zbekiston Milliy universiteti bakalavr, 2002-yilda magistratura yo‘nalishlarini bitirgan. Agentlik birinchi o`rinbosari

🔴Ubbiyev Alisher Toirovich. Shu kunga qadar Nukus shahri Prezident maktabi direktori, agentlikning Prezident maktablari bilan ishlash boshqarmasi boshligi. Agentlik orinbosari

🔴Taxirov Bosit Baxtiyorovich – 1978-yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisod akademiyasining Toshkent shahridagi filiali, Toshkent moliya instituti hamda O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi bo’yicha iqtisodchi, bank ishi, moliya. Agentlik o`rinbosari