07:08 06.09.2022
135

O‘zbekiston Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida 2022-2023-o‘quv yiliga start berildi.

10-sinf o’quvchilariga Jizzax viloyat Yoshlar ishlari agentligi boshlig’i Otabek Musurmonov «Mustaqillik darsi»ni o’tib berdi. Dars davomida mustaqillik yillarida qo’lga kiritilgan yutuqlar, hozirgi kunda yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Qolaversa, O’zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan «Jadidlar» rukni ostida chop etilgan 8 jildlik kitoblar to’plami ilk o’quv kunidan o’quvchilar uchun maktab ma’muriyatiga topshirildi.