info@ijodmaktab.uz +998 72 226 10 12

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi

07:11 01.09.2021

Aziz yurtdoshlar!

🟦 Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi jamoasi Sizni xalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!

🟥 Shunday qutlug’ damda yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilab qolamiz!
Mustaqillik bizga milliy o’ziga xosligimizni, or-nomus va g’ururimizni, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarimiz bilan faxrlanish hissini qaytargan bayram sifatida abadiy qoladi va jonajon Vatanimiz yilnomasiga oltin harflar bilan yoziladi.

🟩 Barchalaringizga shu aziz, go’zal va betakror, muqaddas Vatanimiz ravnaqi yo’lidagi sa’y — harakatlaringizda g’ayrat va shijoat hamda omadlar tilaymiz. Yana bir bor mustaqillik bayrami muborak bo’lsin!

♻️Hurmat bilan, Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi jamoasi