11:28 02.10.2024
233

O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi bilan hamkorlikda “Nazm va Navo” kechasi o‘tkazildi.

28-sentabr kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi bilan hamkorlikda “Nazm va Navo” kechasi o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi O‘zbek tili va ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori Xamdamova Sayyora Husanovna hamda bir guruh talaba-yoshlar, ijod maktabi o‘quvchilari she’riy hamda musiqiy chiqishlarni namoyish etishdi.

Cholg‘u asboblari orqali ijro etilgan jonli dastur yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Islom Umarov tomonidan ijod maktabi kutubxonasiga Hamid Olimjon va Zulfiya hamda ko‘plab Jizzaxlik ijodkorlarning dastxatlari tushirilgan nodir kitoblar topshirildi. Bayram dasturi va kitoblar taqdimoti o‘quvchi-yoshlarga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.