12:34 22.11.2023
61

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan bugun Hamid Olimjon va Zulfiya hiyobonida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Davlat tili bo‘yicha Jizzax viloyat hokim maslahatchisi Bahodir Mavlanov ochib berdi.
Shundan so‘ng oʻzbek shoiri, lirik sheʼrlari bilan 20 asr oʻzbek adabiyotiga munosib hissa qoʻshgan adib Hamid Olimjon va shoira, jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova haykallari poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ijod maktabi o‘quvchilari faol ishtirok etishdi.