12:22 14.08.2025
159

OTMDA 100% NATIJA!

Bilim va malakalarni baholash agentligi 2025/2026-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida yuqori toʻplangan ballar boʻyicha top–10 maktablar roʻyxatini e’lon qilgan edi.

Ushbu reytingga koʻra, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi Respublikadagi oʻn mingdan ortiq maktablar ichida o’rtacha 178.51 ball bilan 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Joriy yilda ijod maktabining 35 nafar bitiruvchi o’quvchilarning 26 nafari davlat granti, 9 nafari esa toʻlov-shartnomasi asosida OTM larga oʻqishga qabul qilindi.

Ushbu natija bilan maktab ma’muriyati hamda pedagog o’qituvchilar jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz!