Ota-onalar maktab bilan hamnafas
🇺🇿Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida 11-sinf o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishni maktab direktori D. Xamdamova olib bordi.









Unda bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga qamrovi, erishilayotgan yutuqlar hamda kelgusidagi rejalar atroflicha muhokama qilindi.
So‘zga chiqqan ota-onalar hamda maktab «Kuzatuv kengashi» a’zolari tomonidan maktab ma’muriyatiga turli taklif va mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, muddatidan avval talaba bo‘lishga erishgan bitiruvchilarning ota-onalari maktab ma’muriyati tomonidan rag‘batlantirildi.