info@ijodmaktab.uz +998 72 226 10 12

Ota-onalar bilan uchrashuv

10:46 22.04.2021

2021-yilning 21-aprel kuni Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabida ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar uchun yig‘ilish o‘tkazildi. Kun tartibidagi masalalar:

—       o‘quvchining ta’limdan tashqari tarbiyasida oilaning o‘rni;

—       ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning takliflarini o‘rganish;

—       Islom dinining farzand ta’lim-tarbiyasidagi asosiy mezonlari;

—       ota-onalar kuzatuv Kengashini shakllantirish;

—       o‘qish faoliyatida alohida namuna ko‘rsatayotgan o‘quvchilarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirish.

Dastlab mutaxassislik fanlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Shahnoza Mavlyanova o‘quvchilarning ta’limdan tashqari tarbiyasida oilaning o‘rni va ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tdi. Yig‘ilish jarayonida ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirishdi.

O‘zbekiston Musulmonlar idorasi imom-xatibi Usmonali O‘ralov Islom dinining farzand ta’lim-tarbiyasidagi asosiy mezonlari haqida qiziqarli ma’lumotlarni yig‘ilish ishtirokchilariga aytib o‘tdi.

Maktab rahbari Dilafro‘z Xamdamova ijod maktabida amalga oshirilayotgan ishlarni tanishtirib o‘tib, faol ota-onalar orasidan ota-onalar kuzatuv Kengashi tarkibi saylandi.

Kuzatuv kengashi raisi: Ravshanov Odamboy

Kuzatuv kengashi kotibi: Kamolova Nilufar

Kuzatuv kengashi aʼzolari: Roʻziyev Shavkat, Sulaymonov Sarvar, Qodirov Qudrat, Abdulahatov Bahodir va Muxtorova Dilafruz

Tadbir yakunida har tomonlama alohida namuna ko‘rsatayotgan o‘quvchilarning ota-onalariga maktab ma’muriyati minnatdorchilik bildirildi.