10:02 29.08.2023
72

O’QUV-SEMINAR

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining rahbar va pedagog xodimlari uchun
«SIFATLI TA’LIM-KUCHLI JAMIYAT» mavzusida o’quv-trening tashkillashtirildi.

Tadbirni Ijod maktablari bilan ishlash bo‘limi boshlig’i S.Ashirov, Jizzax viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari SH.Damanovalar ochib berdi.

Treningdan ko’zlangan maqsad Ijod maktablarda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, yangi o ‘quv yilida o ‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etish, ta ’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanishini ta ’minlash.

O’quv-treningda Respublikamizdagi 9 ta ijod maktabi rahbar va pedagog hodimlari ishtirok etishdi.