online muloqot


Hurmatli Hamid Olimjon va Zufiya nomidagi ijod maktabimizning o‘quvchilari, Sizlarni 20-yanvar kuni soat 19:00 da 2020-2021 va 2021-2022-o‘quv mavsumlarida maktabimizni tamomlagan sobiq o‘quvchilarimiz bilan online muloqotga taklif etamiz. Muloqotda siz quyidagi savollarga hozirgi kunda nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalardan:
1️⃣ Qanday kasb tanlash kerak?
2️⃣ Imtihonlarga qanday tayyorlanish kerak?
3️⃣ Maktabning muhimligi nimada?
4️⃣ Tahsil olayotgan ta’lim muassasangizning ijtimoiy muhiti qanday?
5️⃣ Sizning qanday rejalaringiz bor?
6️⃣ IELTS va til bilish haqida…
7️⃣ Maktab va ijod (dangasalikni qanday yengish mumkin) haqida fikrlar…
8️⃣ Jamoada liderlik…
9️⃣ Xorijiy oliy talim muassasasiga qanday kirish mumkin kabi savollarga javob olasiz.